Comment on page
#30 VORISLIK VA POLIMORFIZM
Klasslardan klass yaratishni o'rganamiz.
Obyektga yo'naltirilgan dasturlashning qulayliklaridan biri bu klasslardan boshqa klass yaratish imkoniyati. Bizga kerak bo'lgan yangi klass, avval yaratilgan boshqa klass bilan o'xshashlik joylari bo'lsa, biz bu klassdan voris klass yaratishimiz mumkin. Bunda asl klass - ota, yoki super klass deb ataladi.
Super klassdan yaratilgan voris klass otaning barcha yoki tanlangan xususiyatlari va metodlarini meros olish bilan birga, o'ziga xos xususiyat va metodlariga ega bo'ladi.
Keling boshlanishiga
Shaxs
klassini yaratamiz, bu klassimiz keyinchalik boshqa klasslar uchun super klass vazifasini bajaradi:class Shaxs:
"""Shaxslar haqida ma'lumot"""
def __init__(self,ism,familiya,passport,tyil):
self.ism = ism
self.familiya = familiya
self.passport = passport
self.tyil = tyil
def get_info(self):
"""Shaxs haqida ma'lumot"""
info = f"{self.ism} {self.familiya}. "
info += f"Passport:{self.passport}, {self.tyil}-yilda tug`ilgan"
return info
def get_age(self,yil):
"""Shaxsning yoshini qaytaruvchi metod"""
return yil - self.tyil
Klassimizni tekshirib ko'ramiz:
inson = Shaxs("Hasan","Alimov","FB001122",1995)
print(f"{inson.get_info()}. {inson.get_age(2021)} yoshda.")
Natija:
Hasan Alimov. Passport:FB001122, 1995-yilda tug`ilgan. 26 yoshda.
Endi avvalgi darsimizda yaratgan
Talaba
klassimizni qaytadan yaratamiz. Bu safar, avvalgidan farqli ravishda, Talaba
ni yaratishda, Shaxs
dan super klass sifatida foydalanamiz:class Talaba(Shaxs):
"""Talaba klassi"""
def __init__(self, ism, familiya, passport, tyil):
"""Talabaning xususiyatlari"""
super().__init__(ism, familiya, passport, tyil)
Kodimizni tahlil qilaylik:
- 1-qatorda klass nomidan so'ng, qavs ichida super klass nomini berdik
- 5-qatorda (
def __init__
ichida) klassimiz super klassning xususiyatlarini meros olishini ko'rsatdik
Yangi yaratgan Talaba klassimiz Shaxsning barcha xususiyatlari va metodlariga ega bo'ladi.
talaba = Talaba("Valijon","Aliyev","FA112299",2000)
print(talaba.get_info())
Natija: Valijon Aliyev. Passport:FA112299, 2000-yilda tug`ilgan
Talaba klassi uchun alohida
get_info()
metodini yozmagan bo'lsakda, bu metod Talaba
ga Shaxs
dan meros o'tdi.Huddi shu kabi
get_age()
metodiga ham murojat qilishimiz mumkin:>>>print(talaba.get_age(2021))
21
Dastur davomida super klass voris klasslardan avval yozilgan (chaqirilgan) bo'lishi kerak.
Hozirgi ko'rinishda
Talaba
va Shaxs
klasslari o'rtasida hech qanday farq yo'q. Keling Talaba
klassimizga o'ziga xos xususiyatlar va metodlar yarataylik. Avvalosiga, talabaning bosqichi va ID raqamini xususiyat sifatida qo'shamiz. Bunda ID raqami obyekt yaratilishida parameter sifatida uzatiladi, bosqich esa standart qiymatga ega.class Talaba(Shaxs):
"""Talaba klassi"""
def __init__(self, ism, familiya, passport, tyil,idraqam):
"""Talabaning xususiyatlari"""
super().__init__(ism, familiya, passport, tyil)
self.idraqam = idraqam
self.bosqich = 1
Endi yangi, Talaba obyektini yaratishda qo'shimcha idraqam parametrini ham kiritish talab qilinadi:
talaba = Talaba("Valijon","Aliyev","FA112299",2000,"0000012")
So'ngra, bu qiymatlarni qaytaruvchi alohida metodlar yozamiz:
class Talaba(Shaxs):
"""Talaba klassi"""
def __init__(self, ism, familiya, passport, tyil,idraqam):
"""Talabaning xususiyatlari"""
super().__init__(ism, familiya, passport, tyil)
self.idraqam = idraqam
self.bosqich = 1
def get_id(self):
"""Talabaning ID raqami"""
return self.idraqam
def get_bosqich(self):
"""Talabaning o'qish bosqichi"""
return self.bosqich
Metodlarni tekshirib ko'ramiz:
>>>print(f"{talaba.get_info()}. ID raqami:{talaba.get_id()}")
Valijon Aliyev. Passport:FA112299, 2000-yilda tug`ilgan. ID raqami:0000012
>>>print(f"{talaba.get_bosqich()}-bosqich talabasi")
1-bosqich talabasi
Shu zayilda yangi klassimizga istalgancha yangi xususiyatlar va metodlar qo'shishimiz mumkin. Bunda, agar yangi xususiyat yoki metod super klassga ham aloqador bo'lsa uni birdan super klassga qo'shish tavsiya qilinadi.
Voris klass boshqa klass uchun super klass bo'lishi mumkin.
Voris klassga super klassdan meros qolgan istalgan metodni qayta talqin qilish mumkin. Avvalgi misolimizdagi
get_info()
super metodini ko'raylik, bu metod talabaning ismi, familiyasi, passport raqami va tug'ilgan yilini qaytaradi:>>> print(talaba.get_info())
Valijon Aliyev. Passport:FA112299, 2000-yilda tug`ilgan
Endi
get_info()
metodi talabaga mos ma'lumotlar qaytarishi uchun, Talaba
klassi ichida huddi shu nomli metodni qayta yozamiz:class Talaba(Shaxs):
"""Talaba klassi"""
def __init__(self,ism,familiya,passport,tyil,idraqam):
"""Talabaning xususiyatlari"""
super().__init__(ism, familiya, passport, tyil)
self.idraqam = idraqam
self.bosqich = 1
def get_id(self):
"""Talabaning ID raqami"""
return self.idraqam
def get_bosqich(self):
"""Talabaning o'qish bosqichi"""
return self.bosqich
def get_info(self):
"""Talaba haqida ma'lumot"""
info = f"{self.ism} {self.familiya}. "
info += f"{self.get_bosqich()}-bosqich. ID raqami: {self.idraqam}"
return info
Metodni tekshirib ko'ramiz:
>>> print(talaba.get_info())
Valijon Aliyev. 1-bosqich. ID raqami: 0000012
Ba'zida klassimiz xususiyatlar va ular bilan ishlaydigan metodlarga to'lib ketishi, bu esa o'z navbatida obyektga murojat qilishni qiyinlashitirishi mumkin. Shunday holatlarda ba'zi xususiyatlarni alohida klass ko'rinishida yozish va keyinchalik bu klassdan yaratilgan obyektni boshqa obyektning xususiyati sifatida foydalanish mumkin.
Misol uchun, yuqoridagi
Shaxs
klassimizga yana bir manzil
degan xususiyat qo'shaylik. Odatda manzil bir nechta qismlardan iborat bo'ladi (xonadon, ko'cha, mahalla, tuman/shahar, viloyat, indeks va hokazo) va ularning har biri uchun Shaxs
ichida alohida xususiyat yaratmasdan, alohida manzil
degan klassga yuklash maqsadga muvofiq bo'ladi. class Manzil:
"""Manzil saqlash uchun klass"""
def __init__(self,uy,kocha,tuman,viloyat):
"""Manzil xususiyatlari"""
self.uy = uy
self.kocha = kocha
self.tuman = tuman
self.viloyat = viloyat
def get_manzil(self):
"""Manzilni ko'rish"""
manzil = f"{self.viloyat} viloyati, {self.tuman} tumani, "
manzil += f"{self.kocha} ko'chasi, {self.uy}-uy"
return manzil
Talaba
klassimizga ham qo'shimcha manzil
xususiyatini qo'shamiz:class Talaba(Shaxs):
"""Talaba klassi"""
def __init__(self,ism,familiya,passport,tyil,idraqam,manzil):
"""Talabaning xususiyatlari"""
super().__init__(ism, familiya, passport, tyil)
self.idraqam = idraqam
self.bosqich = 1
self.manzil = manzil
def get_id(self):
"""Talabaning ID raqami"""
return self.idraqam
def get_bosqich(self):
"""Talabaning o'qish bosqichi"""
return self.bosqich
def get_info(self):
"""Talaba haqida ma'lumot"""
info = f"{self.ism} {self.familiya}. "
info += f"{self.get_bosqich()}-bosqich. ID raqami: {self.idraqam}"
return info
Keling endi talaba obyektini qayta yaratamiz. Bu safar talabaning manzili ham alohida obyekt sifatida
talaba
ga uzatiladi:talaba_manzil = Manzil(12,'Olmazor',"Bog'bon","Samarqand")
talaba = Talaba("Valijon","Aliyev","FA112299",2000,"0000012",talaba_manzil)
Obyekt ichidagi obyektning xususiyatlari va metodlariga ham avvalgidek nuqta orqali murojat qilishimiz mumkin:
>>> print(talaba.manzil.get_manzil())
Samarqand viloyati, Bog'bon tumani, Olmazor ko'chasi, 12-uy
>>> print(talaba.manzil.tuman)
Bog'bon
- Talaba klassiga yana bir, fanlar degan xususiyat qo'shing. Bu xususiyat parametr sifatida uzatilmasin va obyekt yaratilganida bo'sh ro'yxatdan iborat bo'lsin (
self.fanlar=[]
) - Fan degan yangi klass yarating va bu klassdan turli fanlar uchun alohida obyektlar yarating.
- Talaba klassiga
fanga_yozil()
degan yangi metod yozing. Bu metod parametr sifatida Fan klassiga tegishli obyektlarni qabul qilib olsin va talabaning fanlar ro'yxatiga qo'shib qo'ysin. - Talabaning fanlari ro'yxatidan biror fanni o'chirib tashlash uchun
remove_fan()
metodini yozing. Agar bu metodga ro'yxatda yo'q fan uzatilsa "Siz bu fanga yozilmagansiz" xabarini qaytarsin. - Yuqoridagi Shaxs klassidan boshqa turli voris klasslar yaratib ko'ring (masalan Professor, Foydalanuvchi, Sotuvchi, Mijoz va hokazo)
- Har bir klassga o'ziga hoz xususiyatlar va metodlar yuklang.
- Barcha yangi klasslar uchun
get_info()
metodini qayta yozib chiqing. - Voris klasslardan yana boshqa voris klass yaratib ko'ring. Misol uchun Foydalanuvchi klassidan Admin klassini yarating.
- Admin klassiga foydalanuvchida yo'q yangi metodlar yozing, masalan,
ban_user()
metodi konsolga "Foydalanuvchi bloklandi" degan matn chiqarsin.