python.sariq.dev
  • 💻DASTURLASH ASOSLARI
  • 👀DARSLARNI QANDAY O'ZLASHTIRAMIZ
  • YANGILIK!
  • 🏁ILK QADAMLAR
    • #01 KERAKLI DASTURLAR
    • #02 HELLO WORLD!
    • #03 PRINT(), SINTEKS VA ARIFMETIK AMALLAR
  • 🗂️ O'ZGARUVCHILAR VA MA'LUMOT TURLARI
    • #04 O'ZGARUVCHILAR
    • #05 STRING (MATN)
    • #06 SONLAR
    • #07 LIST (RO'YXAT)
    • #08 RO'YXATLAR BILAN ISHLASH
    • #09 FOR TAKRORLASH OPERATORI
  • 🚦SHARTLAR VA TARMOQLANISH
    • #10 IF-ELSE
    • #11 BIR NECHTA SHARTLARNI TEKSHIRISH
  • LIRIK CHEKINISH #1
    • #12 XATOLAR BILAN ISHLASH
    • #13 GitHub PORTFOLIO
  • 📔LUG'AT (DICTIONARY)
    • #14 LUG'AT BILAN TANISHUV
    • #15 LUG'AT ELEMENTLARI BILAN ISHLASH
    • #16 NESTING
  • 🔁WHILE
    • #17 WHILE TSIKLI
    • #18 WHILE, RO'YXATLAR VA LUG'ATLAR
  • 📜FUNKSIYALAR (FUNCTIONS)
    • #19 FUNKSIYA
    • #20 QIYMAT QAYTARUVCHI FUNKSIYA
    • #21 FUNKSIYA VA RO'YXAT
    • #22 MOSLASHUVCHAN FUNKSIYA (*args, **kwargs)
    • #23 MODULLAR
    • #24 FUNKSIYALAR. SON'GSO'Z.
  • 🛠️ AMALIY MASHG'ULOTLAR
    • #25 "SON TOPISH" O'YINI
    • #26 "SO'Z TOPISH" O'YINI
    • #27 KIRILL-LOTIN TELEGRAM BOT
  • 👨‍💻 OBJECT ORIENTED PROGRAMMING
    • OOP NIMA?
    • #28 KLASSLAR
    • #29 OBYKETLAR BILAN ISHLASH
    • #30 VORISLIK VA POLIMORFIZM
    • #31 INKAPSULYATSIA, KLASSNING XUSUSIYAT VA METODLARI
    • #32 DUNDER METODLAR
  • 📂FAYLLAR VA XATOLAR
    • #33 FAYLLAR BILAN ISHLASH
    • #34 JSON
    • #35 XATOLAR BILAN ISHLASH
  • ☑️ KODNI TEKSHIRISH
    • # 36 FUNKSIYANI TEKSHIRISH
    • #37 KLASSNI TEKSHIRISH
  • 🏁SO'NGSO'Z
    • #38 PYTHON STANDART KUTUBXONASI
    • #39 PIP VA TASHQI KUTUBXONALAR
    • #40 SO'NGSO'Z VA KEYINGI QADAMLAR
  • EXTRAS
    • RegEx
Powered by GitBook
On this page
  • GITHUB NIMA?
  • GITHUBDA RO'YXATDAN O'TAMIZ
  • REPOSITORY
  • LOYIHALARIMIZ UCHUN REPOSITORY YARATAMIZ
  • GitHub DESKTOP DASTURI
  • PUBLIC REPOSITORYNI KO'CHIRIB OLISH (CLONE)
  • AMALIYOT

Was this helpful?

  1. LIRIK CHEKINISH #1

#13 GitHub PORTFOLIO

GitHub - dasturchining yuzi

Previous#12 XATOLAR BILAN ISHLASHNext#14 LUG'AT BILAN TANISHUV

Last updated 4 years ago

Was this helpful?

Tajribali dasturchi, tajribasiz dasturchidan bir necha barobar qadrliroq. Dasturchi sifatida qilgan dasturlaringiz, qatnashgan loyihlaringiz haqida so'ralishingiz mumkin (masalan ish qidirish jarayonida). Tajribani ko'rsatishning eng qulay va oson usuli bu qilgan ishlaringizning onlayn portfoliosini yaratish.

Sifatli va loyihalarga boy portfolio Universitet diplomi va turli sertifikatlardan ham qadrliroq.

GITHUB NIMA?

Bu darsda esa biz qanday qilib GitHubga loyihalarimizni yuklash, ulashish va boshqalarning loyihalarini ko'chirib olish haqida gaplashamiz.

GITHUBDA RO'YXATDAN O'TAMIZ

GitHubdan ro'yxatdan o'tish jarayoni juda oddiy, muhimi, email manzilingizga yuborilgan xatni tasdiqlashni unutmang.

Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng, o'zngiz haqingizda qisqacha ma'lumot kiritib qo'yishni ham unutmang.

REPOSITORY

LOYIHALARIMIZ UCHUN REPOSITORY YARATAMIZ

Bo'sh repository yaratish uchun, github.com sahifasida New tugmasini bosamiz.

Yanig ochilgan oynada:

  1. Repositorga ma'nili nom beramiz. Nom berishda kichik harflar bilan yozing va bo'sh joy o'rniga chiziqcha (-) ishlating.

  2. Repository ommaga ochiq (public)yoki yopiq (private) bo'lishini tanlaymiz. Buni keyin ham o'zgartirish mumkin.

  3. README faylini qo'shish (qo'shmalikni) tanlaymiz. README faylida siz loyiha haqida batafsil ma'lumot berishingiz mumkin. Agar loyiha omma uchun bo'lsa albatta README faylini ham tanlang va loyihangiz haqida ma'lumot bering.

  4. Create Repository tugmasini bosamiz.

Marhamat, repository tayyor. O'ng burchakdagi qalam tugmasini bosib, README faylini o'zgartirishimiz mumkin.

Hozircha repository bo'sh. Keling endi repositoryga fayllar qo'shamiz. Aksar dasturchilar gtihub bilan mahsus kommandalar yordamida ishlasada, biz osonroq usuldan, GitHub Desktop dasturidan foydalanamiz.

GitHub DESKTOP DASTURI

Yuklab olingan faylni ochamiz, va dasturni o'rnatamiz. Bu yerda qiyin joi yo'q. Dasturni birinchi ochganimizda Login qilish talab qilinadi.

Login qilgandan so'ng yangi oynada sizning Repositorylaringiz ko'rsatilgan oyna ochiladi. Shuyerdan oxirgi yaratgan repositoryni tanlang va pastdagi Clone tugmasini bosing.

Yangi ochilgan oynada Repository uchun kompyuterimizda joy tanlaymiz:

DIQQAT! Papkalar (fayllar) nomida Kirill harflari bo'lmasin. Ba'zida, bu dasturni bajarishda xatolikka olib kelishi mumkin.

Repository sizning kompyuteringizga yuklandi. Lekin repository hozircha bo'sh.

File Manager yordamida yuqoridagi Repository uchun yaratilgan papkaga kodlaringizni ko'chiring va GitHub desktop dasturiga qayting. Papkadagi barcha o'zgarishlar GitHub desktopda ham paydo bo'ldi. O'zgarishlarni Repositorga qo'shish uchun, Summary degan joyda o'zgarishlar haqida qisqacha ma'lumot bering va Commit to main tugmasini bosing.

Va nihoyat, Repositoryni onlyanga yuklash uchun Push origin tugmasini bosing:

Mana endi GitHub.com sahifasiga qaytib, Repository ichiga kirsak barcha fayllarimiz onlaynda turibdi. Istlagan faylni tanlab, ichidagi kodni ham ko'rishimiz mumkin.

PUBLIC REPOSITORYNI KO'CHIRIB OLISH (CLONE)

Juda ko'p dasturchilar o'zlarining loyihalari bilan omma bilan ulashish uchun Repositoryni Public qilib qo'yadilar. Shunday Repositorylarni kompyuterga ko'chirib olish uchun avval reposytiry sahifasiga kiramiz, so'ngra burchakda Code tugmasini va yangi ochilgan Menuda esa Open with GitHub Desktop tugmalarini bosamiz.

Yuqoridagi ka'bi Repository uchun kompyuterimizda yangi joy tanlaymiz, va Clone tugmasini bosamiz.

Marhamat, Repository kompyuteringizga yuklandi. Endi kodni ochib, istalgancha o'zgartirishingiz mumkin.

AMALIYOT

  1. GitHubda Python darslari uchun yangi repository yarating

  2. Shu vaqtgacha yozgan kodlaringizni yangi repositoryga yuklang

- dasturlarni saqlash, ulashish va nazorat qilish uchun mo'ljallangan onlayn xosting hizmati. GitHub dasturchilarga biror loyiha ustida bir-biriga halaqit qilmagan holda jamoa bo'lib ishlash, dasturning turli versiyalarini nazorat qilib borish imkonini beradi (lekin biz bu haqida keyingi darslarimizning birida to'xtalamiz).

Boshlanishiga sahifasiga o'tamiz va yangi akkaunt yaratamiz.

GitHubda har bir loyiha (dastur) alohida repositoryda saqlanadi. Repository omma uchun ochiq (Pulbic) yoki yopiq (Private) bo'lishi mumkin. Misol uchun, bizning darslarimiz uchun ham alohida . U yerga kirib siz darslarimizga oid kodlarni ko'chirib olishingiz mumkin. Repository bir nechta fayllar va papkalardan iborat bo'lishi tabiiy hol.

Boshlanishiga GitHub Desktop dasturini o'rntaylik. Buning uchun sahifasiga kiramiz va Download tugmasini bosamiz.

Linux OS ga GitHub desktop dasturini o'rnatish uchun kiring.

sahifasidan ro'yxatdan o'ting

Kompyuteringizga dasturini o'rnating

Sahifamizga qo'yib borilayotgan mashg'ulotlarning javoblarini quyidagi o'zingizga Clone qilib oling:

GitHub
github.com
public repository ochilgan
desktop.github.com
quyidagi sahifaga
GitHub.com
GitHub Desktop
repositorydan
GitHub - anvarnarz/python-darslar: Dasturlash asoslari darslariGitHub
python.sariq.dev repository
Logo
Github.com sahifasi
Profaylni yangilash
python.sariq.dev uchun public repository
Yangi repository yaratamiz
Repository yaratamiz
Yangi repository
GitHub Desktop sahifasi
GitHub desktop
Yangi Repository uchun joy tanlaymiz
Bo'sh Repository
O'zgarishlarni Repositoryga yuklaymiz
Repositoryni onlaynga yuklaymiz
Repository yangilandi
Repositoryni ko'chirib olish
Repository uchun joy tanlaymiz