#17 WHILE TSIKLI
while tsikli bilan tanishamiz
YANA input()
input()Dasturlar foydalanuvchining muammolarini hal qilish uchun yoziladi. Buning uchun esa, foydalanuvchi bilan aloqa o'rnatish, undan turli ma'lumotlarni qabul qilib olib talab etiladi. Misol uchun, dasturimiz foydalanuvchiga ismi bilan murojat qilishi uchun, avval uning ismini so'rashi kerak. Yoki, foydalanuvchi istagan ma'lumotni topish uchun avval undan biror kalit so'z kiritishni so'rash kerak va hokazo.
Biz avvalgi darsimizda input() yordamida foydalanuvchidan qiymat qilishni o'rgangan edik. Dastur davomida input() funktsiyasini chaqirganimizda dastur foydalanuvchi biror matn kiritiib, Enter tugmasini bosgunga qadar to'xtab turadi.
Foydalanuvchi kiritgan qiymatni biror o'zgaruvchiga yuklash, va undan dastur davomida foydalanish mumkin.

input() finktsiyasi ichidagi matn ingliz tilida prompt, savol deyiladi. Aslida biz savolni ham o'zgaruvchiga yuklab, shaxsiy so'rovnomalar ham yaratishimiz mumkin.

Yuqorida birinchi input() bilan foydalanuvchi ismini so'radik va yangi savol matnini yasab oldik.
Sonlar va input()
input() funktsiyasi har qanday kiritilgan qiymatni matn sifatida qabul qilib oladi. Agar foydalanuvchidan son talab qilinsa, foydalanuvchi kiritgan qiymatni butun (integer) yoki on'lik (float) son ko'rinishiga o'tkazib olish kerak.
Buning uchun int() yoki float() funktsiyalaridan foydalanamiz.

while TSIKLI BILAN TANISHAMIZ
while TSIKLI BILAN TANISHAMIZBiz avvalroq for tsikli bilan tanishgan edik. for tsikli ma'lum bir ro'yxatni olib, ro'yxat ichidagi qiymatlar tugaginga qadar biror kodni takrorlar edi. while ham takrorlash operatori bo'lib, for dan farqli ravishda, toki ma'lum bir shart to'g'ri (True) bo'lsa, kodni takrorlayveradi.
Keling sodda misol ko'ramiz, while yordamida 5 gacha sanaymiz:
Natija: 1 2 3 4 5
Yuqoridagi kodni tahlil qilamiz:
avval
sondegan o'zgaruvchi yaratdik va unga1qiymatini berdik.2-qatorda esa toki
son5 dan kichik yoki teng ekan 3-4-qatorlarni bajar dedik.3-qatorda
sonni konsolga chiqardik4-qatorda
songa1qo'shdik.4-qatordan so'ng kod yana 2-qatorga qaytadi va
son<=5shartini tekshiradi, agar shart bajarilsa 3-4 qator qayta-qayta bajarilaveradi.5-qadamdan so'ng
son=5bo'lgandawhiletsikli to'xtaydi.
while va input()
while va input()Shu paytgacha yozgan dasturlarimiz faqatgina bir martta bajarilayotgan edi. while tsikli yordamida dasturni to'xtatish imkoniyatini foydalanuvchiga berishimiz mumkin.

Yuoqridagi dasturimiz toki foydalanuvchi exit deb yozguniga qadar takrorlanaveradi.
Ishora (flag)
Yuqoridagi dasturda dasturni to'xtatish uchun yagona shartni tekshirdik (qiymat!='exit'), katta dasturlarda bir emas bir nechta shartlarni tekshirish, va ulardan biri bajarilgan taqdirda dasturni to'xtatish talab qilinishi mumkin.
Bunday holatlarda biror o'zgaruvchidan ishora (flag) sifatida foydalanishimiz mumkin. Agar dastur bajarilishi davomida dasturni to'xtatish shartlaridan biri bajarilganda ishora o'zgaruvchining qiymatini o'zgartiramiz va dastur o'z-o'zidan to'xtaydi.
BREAK OPERATORI
Break operatori yordamida ma'lum bir shartni tekshirish va while tsikli bajarilishini to'xtatib qo'yish mumkin.
Break operatori for tsiklini to'xtatish uchun ham ishlatiladi.

CONTINUE OPERATORI
Continue operatori esa aksincha, ma'lum bir shart bajarilganda qadam tashlab o'tish uchun mo'ljallangan.

ABADIY TSIKL TUZOG'I
Tsikllar bilan ishlashda abadiy tsikl yaratib qo'yishdan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Abadiy tsiklga turli mantiqiy xatolar sabab bo'lishi mumkin: noto'g'ri shart, o'zgarmas qiymat, kodlar ketma-ketligida xatolik va hokazo.
Kelin ba'zi misollarni ko'ramiz:
Yuqoridagi kod abadiy davom etadi, sababi biz son ning qiymatini o'zgartirishni esdan chiqardik.
Bu kod ham abadiy davom etadi, lekin nima uchun?
Yuqoridagi kodda esa xato shart tufayli (son>0) kod abadiy aylanadi.
Dastur bajarilishini to'xtatish uchun konsolda Ctrl+C tugmasini bosing
AMALIYOT
Foydalanuvchidan yaxshi ko'rgan kitoblarini kiritishni so'rang. Foydalanuvchi
stopso'zini yozishi bilan dasturni to'xtatingMuzeyga chipta narhi foydalanuvchining yoshiga bog'liq: 7 dan yoshlarga - 2000 so'm, 7-18 gacha 3000 so'm, 18-65 gacha 10000 so'm, 65 dan kattalarga bepul. Shunday while tsikl yozingki, dastur foydalanuvchi yoshini so'rasin va chipta narhini chiqarsin. Foydalanuvchi
exityokiquitdeb yozganda dastur to'xtasin (ikkita shartni ham tekshiring).Yuqoridagi dasturni turli usullarda yozib ko'ring (break, ishora, yoki shart tekshirish)
Quyidagi dasturda bir nechta mantiqiy xatolar bor. Jumladan, xusisiy holatlarda tsikl abadiy qaytarilib qolmoqda. Xatolarni to'g'rilay olasizmi?
JAVOBLAR
GitHub
Repl.it
Last updated
Was this helpful?